Unda IIV meyoriy buyrug‘i talablari asosida xodimlarning xizmat kiyim-boshlarini kiyganliklari, xizmat davomida foydalaniladigan hamda olib yurishlari zarur bo‘lgan vositalarning mavjudligi tekshiruvdan o‘tkazilib, saf tayyorgarligi mashg‘ulotlari olib borildi. Shuningdek, xodimlar orasida xizmat intizomiga amal qilish va qonuniylikni mustahkamlash borasida tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Bundan
tashqari o‘qotar qurollarning taktik-texnik xususiyatlari va undan
foydalanishda xavfsizlik qoidalari, “Kalashnikov” avtomati hamda
“Makarov” pistoletini qismlarga ajratish va yig‘ish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar
ham bo‘lib o‘tdi.
Yakunda shaxsiy tarkibning
safda yurish, turish va boshqa elementlarni bajarish mashg‘ulotlari o‘tilib,
xodimlarning bilim va ko‘nikmasi boyitildi.
Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:
Matn xato bilan:
Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: