5 Fevral 2025 yil 518

Viloyat IIB boshlig‘i, valeybol federatsiyasi rahbari, polkovnik Abduvoxid Ismoilov vohaning shahar-tumanlari valeybol terma jamoalari bilan uchrashdi

Qarshi shahrida joriy yilning 10-18-fevral kunlari xotin-qizlar, 20-28-fevral kunlari yoshlar o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati musobaqasini o‘ktaziladi.

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-iyuldagi “Voleybol sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori hamda sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining 2025-yil uchun respublika kalendar rejasiga asosan, bo‘lib o‘tadigan musobaqa ishtirokchilari Qarshi olimpiya va paralimpiya zahiralarini tayyorlash maktabi

viloyat Valeybol federatsiya rahbari jamoalar a’zolari va murabbiylari bilan ularni musobaqaga tayyorgarligi va kundalik muammolarini o‘rgandi.

Musobaqani yuqori saviyada o‘tkazish va o‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda valeybolchilarga shart-sharoitlar yaratish borasida mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Text to speech