Viloyat IIB boshlig‘i huzurida kriminogen vaziyatni jilovlash, qonunbuzarliklarni oldini olishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
Viloyat IIB boshlig‘ining
o‘rinbosarlari, sohaviy xizmatlar hamda Qarshi va Nishon tumanlari IIB
boshliqlari, ularning o‘rinbosarlari hamda profilaktika inspektorlari ishtirok
etgan yig‘ilishda boshqarma boshlig‘i polkovnik Abduvoxid Ismoilov kriminogen
vaziyatni jilovlash, jinoyatlarni erta aniqlab oldini olish, sodir
etilganlarini fosh etish, fuqarolar va jamoat xavfsizligini ta’minlash,
davlatimiz rahbarining PQ-1-sonli qarori ijrosi borasida amalga oshirilgan
ishlarni tanqidiy tahlil etdi.
Har ikkala tumanlarda qonun
ustuvorligini ta’minlash, huquqbuzarliklar va jinoyatlarni erta aniqlab oldini
olish, ro‘y berganlarini fosh etish borasida amalga oshirilgan ishlar,
faoliyatda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar muhokama qilindi.
Ichki ishlar organlari xodimlari
hamkor xizmatlar bilan birga huquq-tartibotni mustahkamlash, jamoat tartibini
saqlash, osuda turmushga zamin hozirlashda keng jamoatchilik, ayniqsa, mahalliy
hokimliklar, korxona va tashkilotlarning mahalla yettiligi bilan hamkorligini
yanada kuchaytirish lozimligi ta’kidlandi.
Ushbu jarayonda “fuqarobay”, “xonadonbay” va “mahallabay”
ishlarni jadallashtirish, fuqarolarnining kundalik va maishiy muammolarini
aniqlab, tezda bartaraf etish, asosiy e’tiborni fuqarolarning murojaatlarida
keltirilgan muammolarga qaratish, aholining e’tiroziga sabab bo‘luvchi
holatlarni barvaqt aniqlash va ushbu muammolarni hamkor tashkilotlar bilan
birgalikda hal etish bugungi kunning dolzarb masalasi ekanligi ishtirokchilar e’tiboriga
yetkazildi.
Yakunda har ikkala tuman boshliqlari va viloyatdan biriktirilgan mas’ul
rahbar oldiga xizmat davomida yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni bartaraf
etish, PQ-1-sonli qaror bo‘yicha ishlarni jadallashtirish hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim
bo‘lgan vazifalar belgilab berilib, mas’uliyati oshirildi.
Yig‘ilishda viloyat IIB TQX Kiberxavfsizlik bo‘limi mas’ul xodimi
ishtirokchilarga kibermakonda sodir etilayotgan jinoyatlar turlari, soxta
ilovalar va ulardan saqlanish hamda qonunchilikda belgilangan javobgarlik
masalalari borasida atroflicha tushunchalar berdi.