31 Oktyabr 2024 yil 1255

Viloyat ichki ishlar boshqarmasi jamoat xavfsizligi xizmati HPB boshlig‘i o‘rinbosari, IIV Akademiyasi o‘qituvchisi, Yakkabog‘ tuman Ichki ishlar bo‘limi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori va mahalla yettiligi bilan hamkorlikda bir qator profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.

Tadbirda mas’ullar tomonidan xotin-qizlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida bir qator profilaktik ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, bir nechta nizoli oilaning muammolari o‘rganilib, olib borilgan profilaktik tushuntirishlar davomida ayrim xotin-qizlarga himoya orderi berildi.
Shuningdek, xotin-qizlarlarning ijtimoiy faolligini oshirish, bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka jalb etish va kasb-hunarga o‘qitish borasidagi yaratilgan shart-sharoitlar, fuqarolarining xorijga chiqish, u yerda bo‘lish tartiblari xususida ham huquqiy tushunchalari boyitildi.

Text to speech