18 Oktyabr 2022 yil 251

Viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Isroil Ximmatov Ko‘kdala tuman IIBda o‘tkazilgan sarhisob yig‘ilishida ishtirok etdi

 

  Qashqadaryo viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Isroil Ximmatov joriy yilning o‘tgan davrida Ko‘kdala tumanida jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish, sodir etilgan jinoyatlarni “issiq izlar”da fosh etish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilishda ishtirok etdi.

Huquqbuzarliklar, jinoyatlarni erta aniqlab oldini olish va ro‘y berganlarini fosh etish, qonunbuzarliklarga barham berish, jamoat va fuqarolar xavfsizligini ta’minlashda tuman IIB tezkor va sohaviy xizmatlar xodimlarining boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hamda keng jamoatchilik bilan o‘zaro hamkorlikdagi faoliyatini atroflicha tanqidiy-tahlil qildi.   Kengaytirilgan yig‘ilishda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar belgilab olindi.

Text to speech