1 Noyabr 2021 yil 419

Velosipedini o'g'irlab ketgan nomaʼlum shaxs qo'lga olindi

2021 yil 30 oktyabr kuni, Qarshi tumani “Uzunnavo” MFYda yashovchi X.F ariza bilan murojaat qilib, arizasida, 29.10.2021 yil soat 14:30 larda Qarshi shahar I.Karimov koʼchasi, 4-sonli umumtaʼlim maktabi roʼparasida joylashgan “Fast-food” nomli ovqatlanish joyiga oʼziga tegishli boʼlgan “Bonvi” nomli velosipedi bilan kelib, velosipedini ushbu ovqatlanish joyi kirish yoʼlagida qoldirganligini, birozdan soʼng chiqib qaraganida oʼziga tegishli boʼlgan ushbu velosipedini nomaʼlum shaxs oʼgʼirlab ketganligini bildirgan. Qarshi shahar 4-sonli IIB tezkor xodimlari va viloyat IIB PPXB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida, ushbu oʼgʼirlik jinoyatini Qarshi shahar “Gulshan” MFYda yashovchi H.Sh sodir etganligini aniqlanib, H.Sh.dan bir dona “Bonvi” nomli velosiped tegishli tartibda xujjatlashtirib olingan. Mazkur holat yuzasidan H.Sh.ga nisbatan Qarshi shahar IIO FMB 4-sonli IIB TB tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddsai 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Text to speech