Vazir o‘rinbosarining Qashqadaryodagi o‘rganishlari
Ichki ishlar
vaziri o‘rinbosari Yaxyojon Abdulxakov Qashqadaryo viloyatining shahar va
tumanlari jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasida
o‘tkazilayotgan profilaktik tadbirlarning samaradorligini o‘rgandi.
Shahrisabz
shahar, Kitob, Yakkabog‘, Dehqonobod, G‘uzor, Shahrisabz tuman IIBlari va
Qarshi shahar IIO FMBda bo‘lgan Vazir o‘rinbosari “Xavfsiz hudud” tadbiri
doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishishdi.
Shahrisabz
shahar Oqsaroy maydoni yonida joylashgan “Zingiron” mahallasida joylashgan
5-sonli huquq tartibot maskanida bo‘lib, fuqarolar va mutasaddilarga yaratilgan
shart-sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.
Kitob
tumanidagi “Paxtaobod”, Yakkkabog‘ tumanidagi “Obod”, G‘uzor tumanidagi
Mustaqillik mahallalarida bo‘ldi.
Mahallada beshlikning qonunbuzarliklarni oldini olish, fuqarolarning kundalik
va maishiy muammolarini hal etish borasidagi
amalga oshirilgan ishlarini atroflicha tahlil etdi. O‘rganishlar
davomida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilgan
ishlar yuzasidan mutasaddilarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berib, "ijtimoiy profilaktika"
tadbirlarini kuchaytirish lozimligi
ta’kidlandi.
O‘rganishlar
davomida har bir tumandagi maxsus so‘rov xonasi
bilan tanishib, yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirib, tergovchilar
bilan qonunlar, xizmat vazifalari va kasbiy mahoratiga oid savol-javoblar
o‘tkazdi.
Vazir
o‘rinbosarining Qarshi shahar IIO FMBda bo‘lib, tungi xizmat xodimlariga
yo‘riqnoma o‘tdi. So‘ngra, Qarshi shahrida joylashgan «Situatsion markaz»da
bo‘lib, jinoyatlar va huquqbuzarliklarni oldini olish, sodir etilganlarini fosh
etish holatlarini tahlil etdi.
Vazir o‘rinbosarining o‘rganishlari boshqarmada
bo‘lgan yig‘ilishda tahlil etilib, mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.