22 Oktyabr 2024 yil 1145

Vazir o‘rinbosari va faxriylar uchrashuvi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari — Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti boshlig‘i, general-mayor Davron Nazarmuxamedov Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasida tizim faxriylari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda Vazir o‘rinbosari keksa avlod vakillarini e’zozlash, ularga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, nogiron, boquvchisini yo‘qotgan faxriylarni moddiy va ma’naviy  qo‘llab-quvvatlash ichki ishlar vazirligi rahbariyatining doimiy nazoratda ekanligini ta’kidladi. O‘z navbatida faxriylar yosh xodimlarning ish tajribasini oshirish, kasbiy mahoratini yuksaltirish, bilim va malakalarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, uyushmagan aholi va yoshlarning bandligini ta’minlashda mahalla faollari va ichki ishlar organlari xodimlarining o‘zaro hamkorligini uyg‘unlashtirishda faol ekanligini qayd etdi. 

So‘ngra, Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi Faxriylar kengashi va uning a’zolari  tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusi rejalari,  mavjud muammolarini o‘rganish va bartaraf etish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar va joylardagi kengashlar faoliyati atroflicha muhokama qilindi.

Yakunda ochiq muloqot asosida faxriylarning murojaat va takliflari tinglandi. Qabul qilingan murojaatlar yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Ochiq muloqot ruhida o‘tgan urashuvda uzoq yillar sohada xizmat qilib, boy amaliy tajriba va malakaga ega ustozlar so‘z olib, ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan yosh xodimlarni vatanparvar, yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, “Ustoz-shogird” an’anasini yanada jonlantirish borasidagi taklif va mulohazalari bilan o‘rtoqlashdilar.

Uchrashuv so‘nggida faxriylar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Text to speech