VАZIFАLАR BELGILАB OLINDI
Viloyat IIBda Yoʼl harakati xavfsizligi boshqarmasi va uning quyi tizimlari tomonidan yoʼllarda harakatlanish xavfsizligi, yoʼl-transport hodisalari va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida joriy yilning oʼtgan davrida amalga oshirgan ishlari tahliliga bagʼishlangan yigʼilish boʼlib oʼtdi. Unda boshqarma apparati, tizimning shahar-tuman IIB boʼlinmalari xodimlari ishtirok etdi. Yigʼilishni viloyat IIB boshligʼi polkovnik Sh. Satvoldiev ochdi.
Yigʼilishda viloyatda yoʼl-transport hodisalarini oldini olish, yoʼlovchilar va haydovchilarning xavfsiz harakatini taʼminlash, huquqbuzarliklarni qonunlarga malakalash, fuqarolardan tushgan ariza, shikoyatlarni oʼz vaqtida koʼrib chiqish borasidagi ishlar tahlil qilindi.
Yilning oʼtgan ikki oyida viloyat IIB Yoʼl harakati xavfsizligi boshqarmasi va uning qoʼyi tizimlari xodimlari tomonidan odamlar oʼlimi bilan bogʼliq yoʼl-transport hodisalarini oldini olish, tezlikni belgilangan meʼyordan oshirish, spirtli ichimlik taʼsirida transport vositasini boshqarish kabi holatlarga jiddiy eʼtibor qaratilsada, ushbu yoʼnalishdagi koʼrsatkichlar oshib ketgani tanqid qilindi. Аyniqsa, bolalar bilan bogʼliq YTHlar natijasida begunoh bolajonlar bevaqt hayotdan koʼz yumgani, roʼy bergan jinoyat tafsilotlari muhokamasi boʼyicha uchrashuvlarni yanada kuchaytirishni taqazo etishi taʼkidlab oʼtildi. Аlbatta, bu boradagi ishlarni amalga oshirishda har tomonlama malakali va tajribali xodimlar, murabbiy va pedagoglarning bilim va salohiyatini oshirish lozimligi ishtirokchilarga uqtirildi.
Tizim xodimlari avtomaktablar, kasb-hunar maktablarida oʼtilayotgan dars mashgʼulotlarini muntazam nazorat qilib, haydovchilikka sinov topshirayotgan nomzodlarning bilim va malakasini amaliy mashgʼulotlarni koʼproq oʼtib boyitishi tushuntirildi. Bundan tashqari sohaviy xizmatlar vakillari va boshqa huquq-tartibot idoralari hamda mahalliy hokimliklar, qishloq-mahalla fuqarolar yigʼinlari, “Yoshlar ittifoqi” hamda korxona, tashkilotlar bilan hamkorlikda yoʼllarda harakatlanish xavfsizligini taʼminlash borasidagi ishlarni yanada kengroq targʼib etish lozim. Oʼz navbatida bu yoʼnalishdagi ishlar sodir etilishi mumkin boʼlgan YTHlarini oldini olishda muhim omil ekanligi ishtirokchilarga uqtirildi. Bu borada kelgusida amalga oshirilishi lozim boʼlgan masalalar boʼyicha sohaviy xizmatlar rahbarlari vazifador etilib, masʼuliyati oshirildi.
Koʼlami keng yigʼilishda avvalo har tomonlama barkamol, intiluvchan, oʼz ustida ishlashni kanda qilmaydigan nomzodlarni tanlash, ushbu jarayonda kadrlarni joy-joyiga qoʼyish lozimligi taʼkidlandi. Shaxsiy tarkibning kasbiy, jismoniy va jangovar tayyorgarligi va ijtimoiy-siyosiy bilimini oshirib borish borasidagi talablar yanada kuchaytilishi lozimligi alohida qayd etildi.
Kengaytirilgan yigʼilishda erishilgan yutuqlar bilan birga yoʼl qoʼyilgan kamchiliklar oshkora muhokama etilib, kun tartibida koʼrilgan masalalar yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.