11 Aprel 2022 yil
529
Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz
Ichki ishlar vazirining joriy yil 25 martdagi farmoyishiga binoan, shu yilning 2 aprelidan 2 may kuniga qadar mamlakatimizning barcha ichki ishlar organlarida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz” shiori ostida “Maʼnaviyat oyligi” oʼtkazilishi belgilandi.
Shu munosabat bilan Qashqadaryo viloyat IIBda oʼzbek romanchiligi asoschisi adib Аbdulla Qodiriy tavalludining 128 yilligi munosabati bilan viloyat Yozuvchilar uyushmasi, Maʼnaviyat markazi masʼul xodimlari ishtirokida maʼrifiy tadbir oʼtkazildi.