Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burch
Qashqadaryo
viloyati IIBda joriy yilning to‘qqiz oyida boshqarma huzuridagi Tergov
boshqarmasi hamda M va FRB, boshqarmalarning shahar-tuman IIBlaridagi xodimlari
tomonidan amalga oshirilgan ishlar
tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda IIV o‘rinbosari
polkovnik Yaxyojon Abdulxakov, har ikkala boshqarmalar shaxsiy tarkibi hamda
ularning ota-onalari va oila a’zolari ishtirok etishdi.
Yig‘ilishda so‘z
olgan Vazir o‘rinbosari xodimlarning ish faoliyati, kunlik idoraviy va
protsessual nazoratni kuchaytirish hamda Respublika hududida ichki ishlar
organlari xodimlari tomonidan sodir etilayotgan qonunbuzilishi holatlaridan
to‘g‘ri xulosa chiqarib olish, xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etish,
tamagirlik qilmaslik, fuqarolar bilan xushmuomalada bo‘lish, ular bilan
noqonuniy muloqotlarga kirishmaslik, faoliyat davomida halollik, qonuniylik,
xolislik, adolat va insoniylik tamoyillariga asoslanib ish yuritish lozimligini
qayd etdi.
Ko‘lami keng
yig‘ilishda Tergov boshqarmasi va uning shahar-tumanlari bo‘lim va bo‘linmalari
tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida amalga oshirgan ishlari, faoliyatda
erishilgan yutuqlar bilan birga yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklardan tegishli
xulosa chiqarib olgan holda ishni tashkil etishlari, jinoyatlarni tez va to‘la
ochish, qonun ustuvorligini ta’minlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish, uning
oldini olish, har bir jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan javobgarlik
muqarrarligini ta’minlash, jinoyat ishlarini protsessual qonun asosida har
tomonlama to‘liq sifatli tergov qilish, jinoyatning sabablari, uning sodir
etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarini aniqlash va bartaraf etishga
qaratilgan choralarni ko‘rish tergov idoralarining asosiy vazifasi bo‘lishi
ishtirokchilarga tushuntirildi.
Shu o‘rinda
ichki ishlar organlari xodimlarining kunlik idoraviy nazoratini samarali yo‘lga
qo‘yish, turli salbiy xatti-harakatlarni oldini olish maqsadida rahbariyat va
ota-onalarning uzviy aloqasini yo‘lga qo‘yish kelishib olindi.
Yig‘ilishda
hisobot davridagi xizmat faoliyati davomida jinoyat ishlarining tergovini sifatli
o‘tkazilishini ta’minlagan, yuqori natijalarga erishib, xizmatdoshlari uchun
o‘rnak bo‘lgan bir guruh tergovchi va surishtiruvchilarga hamda ularning
ota-onalariga tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alar topshirildi.