G‘uzor tumani 3-sektor rahbari “Qovchin” MFYda fuqarolar bilan navbatdagi sayyor qabulini o‘tkazdi
G‘uzor tuman IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari S.S.Qalandarov tashkilot rahbarlari va mahalla raislari ishtirokida “Qovchin” MFYda fuqarolar bilan navbatdagi sayyor qabulini o‘tkazdi.
“G‘uzor sanoat texnikum”binosida o‘tkazilgan qabulda 50 nafardan ortiq fuqarolar ishtirok etib, shundan 24 nafari bandlik, yullarni taʼmirlash, yul belgilari o‘rnatish, imtiyozli kredit ajratish, moddiy yordam ko‘rsatish, elektr va gaz ta’minotini yaxshilash masalalarida bildirilgan murojaatlarga ijobiy yechim izlandi.
Murojaatlarning aksiriyat qismi elektr ta’minoti bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli 9 tasi joyida ijobiy hal etildi, 3 tasi bo‘yicha huquqiy tushuntirish berildi, 12 ta murojaatlar qo‘shimcha vaqt va mablag‘ talab etganligi sababli o‘rganib chiqish uchun mas’ullarga topshiriqlar berilib, nazoratga olindi.