9 Avgust 2024 yil
675
G‘uzor tuman IIB boshlig‘i, podpolkovnik Sarvar Qalandarov “Probatsiya oyligi” doirasida probatsiya guruhida ro‘yxatda turuvchi shaxslar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
G‘uzor tuman IIB boshlig‘i, podpolkovnik Sarvar Qalandarov “Probatsiya oyligi” doirasida probatsiya guruhida ro‘yxatda turuvchi shaxslar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda “Hamkor” profilaktik tadbiri davomida nazoratdagi shaxslar bilan belgilangan tartib-qoidalarga amal qilish, mehnatga halol munosabatda bo‘lish, qayta jinoyat sodir etmaslik borasida tushunchalar berildi.
Tadbir davomida probatsiya guruhida ro‘yxatda turuvchi shaxslar bandligini ta’minlash maqsadida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Unda 4 nafar nazoratdagi shaxslar ishli bo‘lishdi.
Shuningdek, tuman Jinoyat ishlari bo‘yicha G‘uzor tuman sudi tomonidan sayyor sud o‘tkazilib, nazoratda turuvchi 4 nafar shaxslar muddatidan oldin shartli ozod qilindi.