20 Dekabr 2024 yil 676

O‘quvchilarga ko‘krak nishonlar topshirildi

IIV Qashqadaryo akademik litseyida O‘zbekiston Respublikasi IIVning tegishli buyrug‘i bilan IIV Qashqadaryo akademik litseyning 4 nafar o‘quvchilari, jumladan, 2 nafar o‘quvchilar Fayzullayev Ziyodbek Murodulla o‘g‘li va Sag‘dullayeva Jasmina Xusniddin qizi “Ichki ishlar vaziri stipendiasi” sohibi, 2 nafar o‘quvchilar Xonimqulov Sardor Suxrob o‘g‘li va Sidiqmuxamedova Nigina Shuxrat qizi “O‘qishdagi muvaffaqiyatlari uchun” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.

Taqdirlangan o‘quvchilarning ota-onalari litseyga taklif etilib, litsey o‘quvchilari o‘rtasida ushbu o‘quvchilarning ota-onalariga tantanali ravishda topshirildi.

Taqdirlangan o‘quvchilarning ota-onalari 1-kurs o‘quvchilariga o‘zlarining tavsiyalarini berishdi. Ushbu tadbir barcha o‘quvchilarda yaxshi taassurot qoldirib, o‘qishga bo‘lgan munosabati yanada oshdi.          

Text to speech