23 Sentyabr 2022 yil 334

Ustozlarga ehtirom ko‘rsatildi

Ichki ishlar organlarida uzoq yillar samarali xizmat qilib bugungi kunda faxriylik gashtini surayotgan ustoz-murabbiylar yoshlarga kasb sirlarini o‘rgatib, murabbiychilik harakatiga o‘z hissalarini qo‘shib kelmoqda. O‘z navbatida shogirdlar ham bayram va boshqa tarixiy sanalarda ustozlarni qutlab, holidan xabar olmoqda.

Qashqadaryo viloyati IIB MMI va KBTX rahbariyati ham yaqinlashib kelayotgan Ustoz va murabbiylar bayrami arafasida iste’fodagi mayorlar Ibodulla Husanov va O‘roz Haydarovni xonadonida bo‘lib  bayram bilan qutlashdi.

Bunday hurmat va ehtirom uchun faxriylar Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi rahbariyatiga o‘z minnatdorchiliklarini bildirib, ustoz-shogird an’anasi va murabbiychilik harakatini yanada keng quloch yoyishiga o‘z hissalarini qo‘shishini bildirishdi.

Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

Text to speech