Ustozlar kasb bayrami bilan qutlandi
25
oktabr – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni bayrami munosabati bilan Qashqadaryo
viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi rahbariyati ichki ishlar organlarida
uzoq yillar samarali xizmat qilib, bugungi kunda nafaqada bo‘lsa-da, hamon jamiyat
hayotida faol ishtirok etayotgan, yoshlarga o‘z o‘git va maslahatlari bilan ko‘maklashayotgan
bir guruh faxriylar xonadoniga tashrif buyurishdi. Ularga “Tergov
xizmati faxriylari” kitobi, vazir o‘rinbosarining bayram tabriknomasi hamda sovg‘a-salomlar
topshirildi.
Uchrashuvda
ichki ishlar organlari faxriylari yoshlarga xizmat va hayot yo‘llari, tajribalari
haqida so‘zlab berishdi.
O‘z navbatida faxriylar ko‘rsatilgan e’zoz va ehtirom uchun
vazirlik va boshqarma rahbariyatiga samimiy minnatdorchilik bildirishdi.