26 Oktyabr 2021 yil
566
Qoʼylar ham, pul ham yoʼq
Mirishkor tumani IIBga tumanning “Boʼston” MFYda yashovchi J.Q. ariza bilan murojaat qilib, Gʼuzor tumani “Eshonquduq” MFYda yashovchi R.А. 2021 yil 16 aprel kuni Mirishkor tumani “Boʼston” mahallasiga kelib, “aka 130 bosh ona-bola qoʼylaringizni har birini 1.780.000 soʼmdan menga nasiyaga bering, men sizga shu qoʼylariz uchun jami 231.400.000 soʼm pulni ularni boqib, sotib, uzogʼi bilan 2021 yil 15 avgust kunigacha keltirib beraman” deb 260 bosh qoʼylarni olib ketgan.
Oqibatda na qoʼydan, na puldan darak boʼlmagach, holat yuzasidan Mirishkor tuman IIB TB tomonidan jinoyat ishi qoʼzgʼatildi.