"Turmush" profilaktik tadbiri
Shahrisabz tuman hududida oilalardagi ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish hamda zo‘ravonlikka qarshi kurashish maqsadida "Turmush" profilaktik tadbiri amalga oshirilmoqda. Jumladan, Shahrisabz tuman IIB HPB XQMB katta inspektori, podpolkovnik M. Kenjayeva, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining Shahrisabz tuman bo‘limi rahbari Sh.Tog‘ayeva, tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi mutaxasisi T.Xomidov va psixolog N.Xayrullayevalar hamkorlikda "Shamaton" MFY fuqarolari bilan huquqbuzapliklarni oldini olish bo‘yicha davra suhbati o‘tkazishdi.
Tadbirda yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va xotin-qizlar uchun yaratilgan imkoniyatlar to‘g‘risida haqida batafsil tushunchalar berildi.