10 Yanvar 2025 yil
597
Tungi xizmat xodimlariga yo‘riqnoma o‘tildi
Qarshi shahrida kriminogen vaziyatni jilovlash, jamoat tartibi va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, jinoyatlarni oldini olish borasida tungi xizmatga jalb etilgan boshqarma JXX JTSB PPX batalyoni va profilaktika inspektorlariga yo‘riqnoma o‘tildi. Tungi xizmat oldi yo‘riqnomada Qarshi shahrining odam gavjum to‘planadigan maskanlarida qonunbuzarliklarga barham berish, jinoyatlarni erta aniqlab oldini olish, kuch va vositalarni to‘g‘ri joylashtirish va tinchlikni saqlash borasida tungi xizmatga jalb ichki ishlar organlari xodimlariga topshiriqlar berildi.