27 May 2022 yil
666
“Tong” tadbirida aniqlandi
Viloyat miqyosida oʼtkazilgan “Tong” va “Xavfsiz hudud” tadbirlari davomida jinoyat sodir etib jazodan qochib qutulmoqchi boʼlgan shaxslar ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ushlanib jinoyatga jazo muqarrarligi taʼminlamoqda. Jumladan, JIB Shahrisabz shahar sudi tomonidan shaharning “Kulollik” MFYda yashovchi M.N.ga nisbatan qidiruv eʼlon qilingandi.
Viloyat IIB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmsi, JTSB va Shahrisabz shahar IIB xodimlari tomonidan qochoq Kitob tumani dehqon bozori hududida qoʼlga olindi.