9 Yanvar 2024 yil 419

Tog‘li qishloqda sayyor qabul

Qamashining tog‘li hududida 3-sektor rahbariyatining sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi. “Katta O‘ra” mahallasida Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Isroil Ximmatov o‘tkazgan qabulda fuqarolarning mobil aloqa sifatini yaxshilash, transformator o‘rnatish, davolanish va moddiy yordam olishga oid murojaatlari tinglandi. Qabulda fuqarolarning  ayrim murojaatlari bo‘yicha huquqiy maslahatlar berildi.

Qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan murojaatlar yuzasidan sohaviy xizmat rahbarlariga ko‘rsatma va topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

Text to speech