8 Aprel 2021 yil 464

Tilga erk berishning oqibati

Shahrisabz tumanida ikki nafar yoshlarning oʼzaro kelishmovchiligi oqibatida yuzaga kelgan ogʼir tan jarohati yetkazish jinoyati muhokamasi boʼlib oʼtdi. Unda viloyat IIB, Shahrisabz tuman IIB rahbariyati, yoshlar yashaydigan hudud mahalla faollari va ota-onalari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan soʼz olgan viloyat IIB boshligʼi oʼrinbosari, podpolkovnik U.Yaxshiev bu ikki yoshlarning janjali arzimagan dahanaki tortishuv tufayli yuzaga kelganini taʼkidladi. 2021 yil 01 aprelь kuni ertalab soat 07:00 larda Shahrisabz tumani “Shakarteri” MFYda yashovchi А.U. boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomashinasida, tanishi Shahrisabz tumani “Yangiqishloq” MFYda yashovchi B.X. bilan suhbatlashib oʼtirib, tilga erk berishi oqibatida oʼzaro janjallashib qolishgan. Oqibatda B.X. yonida boʼlgan siniq oshxona pichogʼi boʼlagini А.U.ning koʼkrak qafasiga bir marotaba sanchib olgan.

Shu oʼrinda mamlakatimizda “Tigʼ” profilaktik tadbiri oʼtkazib kelinayotgani, fuqarolarning oʼtkir tigʼli, jismlar, pichoqlar va boshqa kesuvchi jismlarni olib yurishi qonun bilan taqiqlanganiga qaramay B.X.ning siniq pichoqni olib yurishi oʼzboshimchalikdan boshqa narsa emas. Mahalla faollari esa muylabi endi sabza urgan  bu yigitni biror ish bilan band qilish yoki “Yoshlar daftari”ga kiritib, nazorat qilmagani ochiq muhokama qilindi.

Muhokamada, kelgusida bu kabi salbiy holatlarni oldini olish maqsadida ota-onalar bolasining kundalik turmush tarzi - qaerga qanday ish bilan ketayotgani, nima yumushlar bilan bandligi, kimlar bilan yurishini surishtirmasligini qanday tushunish mumkin. Boz ustiga yoshlarning tigʼli jismlar olib yurishini esa mutlaqo qonunga zid holat. Muhokamada ota-onalar masʼuliyatini oshirilib, tegishli mutasaddi tashkilotlar va mahalla faollari vazifador etilib, tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

Text to speech