4 Sentyabr 2021 yil 2912

“TIK-TOK”chilar jarimaga tortildi


Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ichki ishlar organlarining YHXB formasidagi qiz va yigitlarning videolavhasi atroflicha oʼrganib chiqildi. Oʼrganishlar natijasiga koʼra, Qarshi shahrida yashovchi E.D., Ya.Sh., X.X.lar qonun bilan qoʼriqlandigan davlat organlari vakillarining harbiy, idoraviy va maxsus formali kiyim-boshini noqonuniy kiyib, videorolik tayyorlab ijtimoiy tarmoqqa joylashtirgan.
Lekin bu holat qonunda javobgarlikka sabab boʼladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan bu ikkita videolavha yuzasidan toʼplangan hujjatlar yaqinda JIB Qarshi shahar sudida koʼrib chiqildi. Sud hukmiga koʼra, ijtimoiy tarmoq faollari sodir etgan holat Oʼz R. MjTKning tegishli moddalariga asosan, huquqbuzarlik sifatida malakalanib, YHXB formasidagi qiz E.D.ga bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari va haydovchi va YHXB inspektori vazifasi bajargan yigitlar Ya.Sh. X.X.ga bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.
Oʼylaymizki, bu boshqalarga ham saboq boʼladi.

Text to speech