18 Mart 2020 yil 1108

“TIGʼ” PROFILАKTIK TАDBIRI

Qashqadaryo viloyati IIB xodimlari tomonidan oʼtkazilayotgan «TIGʼ» profilaktik tadbiri davomida viloyatda bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.Joriy yilning 1 fevralь kuni soat 21:00larda Qarshi shahrida joylashgan Navoiy istirohat bogʼida oʼz harakatida shubha oʼygʼotganligi sababli Qarshi shahrida yashovchi, 2003 yilda tugʼilgan fuqaro U.B.ni yoni koʼzdan kechirilganda, 1 dona “yogʼoch kastet” borligi aniqlandi. Fuqaro hududiy IIBga olib borilib, unga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.2020 yil 18 fevralь kuni kechasi soat 17:00larda Qarshi shahrida joylashgan “Sohil” xiyoboni oldida toʼxtab turgan Qarshi shahrilik 1995 yilda tugʼilgan fuqaro N. L.ga tegishli “Neksiya” rusumli, 70 S 434 EA davlat raqamli avtomashina shubha oʼygʼotganligi sababli tekshirildi. 

Xolislar ishtirokida oʼtkazilgan tekshiruv davomida avtomashina yukxonasidan 1 dona “bita” borligi aniqlanib, hududiy IIBga olib borildi va tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro ogohlantirildi.

 

Qashqadaryo viloyat IIB Аxborot xizmati

Text to speech