18 Iyul 2022 yil
606
Tezkor tadbir samara berdi
Hayot uchun xavfli bo‘lmagan qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish jinoyatni sodir etganligi uchun Dehqonobod tumani IIB tomonidan qidiruv e’lon qilingan Qamashi tumani “Qoratepa” mahallasida yashovchi Sh.S. jazodan qochib qutulmoqchi bo‘ldi. Ammo Qashqadaryo viloyati IIB JQB va Dehqonobod tumani IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv ishlari davomida Toshkent viloyati hududidan ushlandi.