31 Oktyabr 2024 yil 1331

Tengdoshimga huquqiy yordam

Qashqadryo viloyati IIB JXX Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasida  “Tengdoshimga huquqiy yordam” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat IIB MMI va KBTX va boshqarma JXX YHXB mas’ul xodimlari hamda Qarshi shahridagi Axborot texnologiyalari va menejment universiteti talaba yoshlari ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘z olganlar yoshlar o‘rtasida sodir etilayotgan huquqbuzarliklar va jinoyatlarning oldini olish va ularga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, jamiyatda yurish-turish qoidalari hamda qonunchilik sohasi, xususan, yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi o‘zgarishlar haqida tushunchalar berildi.

Uchrashuv yakunida o‘quvchi-yoshlarni qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan javoblar berildi.

Text to speech