9 Aprel 2024 yil 344

“Temur tuzuklari bilimdoni”


Shahrisabz shahrida sohibqiron Amir Temur tavalludining 688 yilligi munosabati bilan ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida “Temur tuzuklari bilimdoni” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda sohibqiron Amir Temurning davlat boshqaruvi, sarkardalik mahorati va harbiy san’ati, dono va oqil siyosati, madaniyat va ma’rifat homiysi, kuchli siyosati borasidagi fikrlarini o‘zida jamlagan Temur tuzuklari memorial asari borasida xodimlarning  bilimlari tezkor savol-javoblar asosida sinaldi.  Hakamlar hay’ati natijalariga ko‘ra,  “Temur tuzuklari bilimdoni” tanlovida 1-o‘rinni Yakkabog‘ tumani IIB JXX HPB profilaktika inspektori, leytenant Husan Soatov band etdi. Navbatdagi sovrinli o‘rinlarni viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi jamoat tartibini saqlash guruhi katta inspektori, podpolkovnik Faxriddin Sharifov va Shahrisabz shahar IIB JXX HPB profilaktika inspektori, kapitan Bobur Nosirov qo‘lga kiritdi.

G‘oliblar viloyat IIB rahbariyatining qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.

 

Text to speech