8 Yanvar 2022 yil
522
Tegishli chora-tadbirlar belgilandi
Qarshi shahar IIO FMBda viloyatda voyaga yetmaganlar oʼrtasida huquqbuzarliklar sodir etilishini oldini olish, ular tomonidan jinoyat sodir etilishiga yoʼl qoʼymaslik mavzusida yigʼilish boʼlib oʼtdi. Unda viloyat IIB HPB VEIHYoKM, mahalla fuqarolar yigʼini raislari, maktab direktorlari, profilaktika inspektorlari va inspektor-psixologlar ishtirok etdi. Tadbirda soʼz olganlar voyaga yetmaganlar nazoratida oila, mahalla, maktab hamkorligini yoʼlga qoʼygan holda bolalarning ijtimoiy ahvolini oʼrganish, jinoyat sodir etishga moyillarini aniqlab, sogʼlom muhitga qaytarish uchun tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.