Targ‘ibot tadbirlari
Qarshi shahar IIO FMB JXX HPB VE va YOBIG VEMB
katta inspektor psixologlari, podpolkovniklar A.Begimova va I.Bozorova shahardagi 5-umumiy o‘rta ta’lim maktabi
o‘quvchilari, tibbiyot xodimlari hamda maktab ma’muriyati bilan hamkorlikda
yig‘ilish o‘tkazishdi. Yig‘ilishdanso‘z
olganlar voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar yoki g‘ayriijtimoiy
xatti-harakatlar sodir etilishiga imkon berayotgan sabab va sharoitlarni
bartaraf etish hamda jinoyatdan jabrlanishni oldini olish borasida
fikr-mulohazalar bildirishdi. Bundan tashqari, dars mashg‘ulotlariga sababsiz
qatnashmayotgan o‘quvchilarni turmush tarzini o‘rganish va aniqlangan
muammolarini bartaraf etish borasidagi taklif va mulohazalar o‘rtaga tashlanib,
muhokama etildi. Targ‘ibot tadbirlari
davom ettirilmoqda.