Targ'ibot tadbirlari davom etmoqda
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy talim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining qo‘shma qaroriga ko‘ra, har haftaning payshanba kuni barcha oliy taʼlim muassasalarida “Talabalar xavfsizligi” kuni oʻtkazilmoqda.
Ayni vazifalar ijrosi doirasida Xalqaro innovatsion universitetda “Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish muhim vazifa” mavzusida davra suhbatlari tashkil etildi.
Tadbirlarda yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, ularning bo‘sh vaqtlarini kasb-hunar sirlarini o‘rganish bilan band etish, o‘zlari qiziqqan sohadagi bilimlarni mustahkam o‘zlashtirish va shu orqali turli ko‘ngilsizliklarni oldini olish kabi masalalar xususida so‘z bordi.
Tarbiyaviy mazmundagi videolavhalar namoyish etilib, yoshlarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.