26 Yanvar 2023 yil 234

Targ‘ibot tadbirlari davom ettirilmoqda

Qamashi tuman IIBda O‘zbekiston Respublikasi 2023 yil 20 yanvardagi “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorini ichki ishlar organlari xodimlari bilan o‘qib-o‘rganishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Qashqadaryo viloyati IIB va tuman IIB rahbariyati, bo‘lim shaxsiy tarkibi ishtirok etdi. 

Tadbirda so‘z olganlar qarorda “Inson qadri uchun” tamoyili asosida ichki ishlar organlari xodimlarini o‘z burchiga sodiq, vatanparvar va xalqparvar, yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlar sohibi etib tarbiyalash orqali aholining chinakam roziligiga erishish, xizmat vazifalariga halol, vijdonan, Vatan va xalq oldidagi burchini chin dildan his etgan holda, yuksak mas’uliyat bilan yondoshish, jamiyatda umume’tirof etilgan odob-axloq normalariga so‘zsiz amal qilish tuyg‘usini shakllantirish, tizimda nojo‘ya xatti-harakatlar, suiiste’molchilik va korrupsiya holatlarining barvaqt oldini olish, huquq-tartibot tizimi obro‘siga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi nizoli vaziyatlarni yuzaga keltirmaslik ko‘rsatib o‘tilganini ta’kidlashdi.

Qaror bilan Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi tasdiqlandi. Qaror talabiga ko‘ra, inson omilini istisno etish hamda korrupsiya holatlarining barvaqt oldini olish maqsadida ichki ishlar organlarida kadrlar bilan ishlash, xizmatni o‘tash qoidalariga rioya etilishini ta’minlash, ishga qabul qilish shuningdek, shaxsiy tarkib va ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilish tizimini zamon talablariga mos ravishda to‘liq raqamlashtirilishi ishtirokchilarga tushuntirildi.

Targ‘ibot tadbirlari davom ettirilmoqda.

Text to speech