24 Yanvar 2023 yil 21

Targ‘ibot tadbirlari davom ettirilmoqda

Kasbi tuman IIBda shaxsiy tarkib ishtirokida muhtaram Prezidentimizning “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2023 yil 20 yanvardagi Qarori mazmun-mohiyatini o‘rganishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Qaroprda ichki ishlar organlarini aholining ishonchli himoyachisi sifatida xalqchil professional tuzilmaga aylantirish, ularning fuqarolar, jamoat tashkilotlari hamda keng jamoatchilik bilan yaqin hamkorlikda, o‘zaro ishonch va hamjihatlik ruhida ishlashini ta’minlash, mahallalar, aholi turar joylari va butun yurtimizda qonun ustuvorligi, tinchlik-osoyishtalikni yanada mustahkamlash asosiy vazifa etib belgilangani qayd etildi.

Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksiga binoan, ichki ishlar organlari xodimlari “Inson qadri uchun” tamoyili asosida davlatning yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, o‘z burchiga sodiq, vatanparvar va xalqparvar vakili etib tarbiyalash orqali aholining chinakam roziligiga erishish, xizmat vazifalariga halol, vijdonan, Vatan va xalq oldidagi burchini chin dildan his etgan holda, yuksak mas’uliyat bilan yondashish, jamiyatda umume’tirof etilgan odob-axloq normalariga so‘zsiz amal qilish tuyg‘usini shakllantirish, korrupsiya va huquq-tartibot tizimi obro‘siga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi nizoli vaziyatlarni yuzaga keltirmaslikva boshqa bir qator vazifalar ishtirokchilar e’tiboriga yetkazildi.

Bu boradagi targ‘ibot tadbirlari davom ettirilmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech