15 Iyul 2022 yil
608
Tanqidiy-tahliliy yig‘ilish
Qarshi shahar IIO FMBda sarhisob yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘ining 1-o‘rinbosari, polkovnik Jasurbek Atayev ishtirok etib, Qarshi shahar IIO FMB xodimlari tomonidan joriy yilning birinchi yarmida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tanqidiy-tahlil etdi.
Tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tgan yig‘ilishda Qarshi shahrida profilaktik ishlar, huquqbuzarliklar va jinoyatlarni oldini olish borasidagi ishlarni lozim darajada olib bormagan ayrim rahbar va xodimlarning faoliyatini tanqid qildi.
Yig‘ilish so‘ngida rahbarlar oldiga kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar qo‘yilib, chora-tadbirlar rejasi belgilandi.