24 Avgust 2023 yil 2239

Tanlovda eng yaxshilar saralandi

Ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimlarning ma’naviy-ma’rifiy bilimi, xizmat tajribasi va bilimini oshirib borish, Vatan oldidagi burchini ado etishda xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish xislatlarini oshirish bugungi kun talabi. Jumladan, Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi sohaviy xizmatlari va shahar-tuman ichki ishlar bo‘limi xodimlarning xizmat davomida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar hamda jinoyatlarga qarshi kurashish borasidagi faoliyatini rag‘batlantirish, qo‘lga kiritilgan ilg‘or tajribalarni ommalashtirish va o‘zaro tajriba almashishini yo‘lga qo‘yish maqsadida “Eng yaxshi tergovchi”  ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

Sport mashg‘ulotlari bo‘yicha dastlabki sinovda tergovchi va surishtiruvchilar  posbonlari to‘sinda tortinishdi. So‘ngra, 100 metrga yugurish bahsida ularning tezkorligi baholandi.

Yakunda 1000 metrga yugurgan ishtirokchilar orasidan g‘oliblar saralandi.

Musobaqaning keyingi bosqichlarida ishtirokchilar qurollarni to‘liqsiz qismlarga ajratish va yig‘ish bahsida kasbiy, jangovar tayyorgarligi, merganlik va quroldan o‘q otish mahorati sinaldi.

Qatnashchilarning navbatdagi bosqichda test asosida amaliy va nazariy bilimlari baholandi.

Ular bilan o‘tkazilgan psixologik testda xodimlarning ruhiy holati va boshqa psixologik xislatlari o‘rganildi.

Yakunda ishtirokchilarning qo‘l jangi usullarini amaliy namoyish etishdi.

Murosasiz va qizg‘in o‘tgan belashuv yakuniga ko‘ra «Eng yaxshi tergovchi» ko‘rik tanlovida Koson tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tergovchisi katta leytenant Dilbek Billiyev birinchi o‘ringa loyiq topildi.  Keyingi sovrinli o‘rinlarni Nishon tumani ichki ishlar bo‘limi 2-son ichki ishlar bo‘linmasi Surishtiruv guruhi surishtiruvchisi kapitan Bekzod Safarov va Nishon tumani ichki ishlar bo‘limi 1-son IIB Surishtiruv guruhi surishtiruvchisi kapitan Jamshidjon Ashurov qo‘lga kiritdi.

Endi g‘oliblar ko‘rik-tanlovning kasb bayrami arafasida bo‘ladigan respublika bosqichida ishtirok etadi.

Text to speech