TANQIDIY – TAHLIL, QAT’IY TARTIB INTZOM – BUGUNGI KUN TALABI
TANQIDIY – TAHLIL, QAT’IY TARTIB INTZOM – BUGUNGI KUN TALABI
Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasida joriy yilning o‘tgan davrida viloyatda jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar, jinoyatlarni erta aniqlab oldini olish, sodir etilgan jinoyatlarni “issiq izlar”da fosh etish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan xizmat intizomi va qonuniylikka rioya etilishini ta’minlash hamda korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati, vazirlik Shaxsiy xavfsizlik Bosh boshqarmasi Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi, sohaviy xizmatlari rahbarlari va xodimlari, shahar va tuman ichki ishlar bo‘limi shaxsiy tarkibi videoselektor orqali ishtirok etdi.
Yig‘ilishda Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshig‘i, polkovnik Abduvoxid Ismoilov ishtirok etib, yilning o‘tgan davrida vohada jinoyatlarni oldini olish, sodir etilganlarini “issiq izlar”da fosh etish borasidagi ishlarni atroflicha tahlil etdi. Faoliyatda erishilgan yutuqlar bilan birga yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan tegishli sohaviy xizmatlar rahbarlari zimmasiga aniq vazifalar qo‘yilib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan masalalar bo‘yicha mas’ullarning mas’uliyati oshirildi.
Ko‘lami keng yig‘ilishda Ichki ishlar vazirligi Shaxsiy xavfsizlik Bosh boshqarmasi Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Temur Bayjanov so‘zga chiqib, Samaraqand viloyati, Farg‘ona viloyati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sodir etilgan korrupsion xolatlar to‘liq yetkazilib, bunda qonunchilikni oldini olish, viloyat IIBning shahar –tuman IIB lari va soxa xizmat rahbarlariga doimiy ravishda ertalabgi va kechki yo‘riqnomalarda karrupsion va qonunchilikni buzilish xolatlarini oldini olish borasida barcha xizmatga jalb qilingan shaxsiy tarkibga xizmat oldi yo‘riqnoma berish, ish yurituvida bo‘lgan materilallarga boshqa shaxslarni aralashtirmaslik, pul taklif qilish xolatlarida darxol Ichki ishlar vazirligi Shaxsiy xavfsizlik Bosh boshqarmasi Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasiga axborot berishi lozimligi, hamda sipirtli ichimlik istemol qilmaslik, Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi Kodeksining talablariga to‘liq amal qilish bundan tashqari o‘tgan davrda ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan sodir etilgan qonunbuzarliklar va favqulodda holatlar haqida axborot berib, shaxsiy tarkib faoliyat davomida xizmat intizomi va qonunchilikka rioya qilishi, korrupsiya holatlariga murosasiz bo‘lish, yo‘l-transport hodisalarini oldini olish, fuqarolar bilan muomala madaniyati, xizmat joyini o‘zboshimchalik bilan tashlab ketmaslik, o‘zgalar avtomashinasini boshqarmaslik borasida atroflicha ishtirokchilarga yo‘riqnoma berdi.
Joriy yil 1-30 iyun kunlari ichki ishlar organlarida o‘tkazilayotgan “Intizom oyligi” doirasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar, faoliyat davomida inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, fuqarolar bilan xizmat davomida xushmuomala bo‘lish kabi jihatlar ham e’tibordan chetda qolmasligi uqtirildi. Faoliyat davomida ta’magirlik va korrupsiya holatlarini oldini olish, tizimni bunday nopok xodimlardan tozalash va bu borada bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha rahbarlar oldiga aniq vazifalar qo‘yildi.