17 Aprel 2024 yil 109

TAHLILIY VA TANQIDIY RUHDAGI YIG‘ILISH

  Mirishkor tuman IIBda joriy yilning birinchi choragida amalga oshirilgan ishlar tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Qashqadaryo viloyat IIB va tuman IIB rahbariyati, tezkor va boshqa sohaviy xizmat vakillari ishtirok etdi.

  Hisobot yig‘ilishida viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Isroil Ximmmatov ishtirok etib, joriy yilning o‘tgan davrida tumanda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish, sodir etilgan jinoyatlarni “issiq izlar”da fosh etish, jamoat tartibini saqlash borasida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan amalga oshirilgan ishlarni tanqidiy-tahlil etdi.

  Huquqbuzarliklar, jinoyatlarni erta aniqlab oldini olish va ro‘y berganlarini fosh etish, qonunbuzarliklarga barham berish, jamoat va fuqarolar xavfsizligini ta’minlashda tuman IIB tezkor va sohaviy xizmatlar xodimlarining boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hamda keng jamoatchilik bilan o‘zaro hamkorlikdagi faoliyatini yanada kuchaytirish lozimligi ishtirokchilarga tushuntirildi. 

  Tahliliy va tanqidiy ruhdagi yig‘ilishda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar rejasi belgilab  olindi.

Text to speech