Tаktik vа jаngovаr mаshgʼulotlаr boʼlib oʼtdi
IIV Qorovul qoʼshinlarining Qarshi shahridagi 7533-harbiy qismiga qarashli “Qoʼngʼirtogʼ” dala poligonida shaxsiy tarkibning harbiy, jismoniy, jangovar, kasbiy va maxsus tayyorgarligini yuksaltirish maqsadida tungi amaliy maxsus-taktik mashgʼulotlar boʼlib oʼtdi.
Qashqadare viloyat IIB TVBSO, DXX viloyat boshqarmasi harbiy qismi va Milliy gvardiya harbiy qismi hamda Qorovul qoʼshinlari 7533-harbiy qism MVBSV shaxsiy tarkibi ishtirok etgan mashgʼulotlarda soha xodimlari oʼq otish, togʼda harakatlanish, jismoniy, taktik hamda boshqa yoʼnalishlar boʼyicha oʼz kasbiy va jangovar tayyorgarliklarini oshirishdi.
Bu kabi mashgʼulotlar harbiy xizmatchilarning favqulodda holatlarda aniq va toʼgʼri qaror qabul qilishlarida muhim ahamiyat kasb etishi shubhasiz.