TАHLIL VА TАNQID KELАJАK POYDEVORI
Qashqadaryo viloyati IIBda oʼtgan yil yakuniga bagʼishlangan yigʼilish boʼlib oʼtdi. Unda boshqarma sohaviy xizmatlari rahbarlari, shahar va tuman IIB boshliqlari va ularning oʼrinbosarlari ishtirok etdi. Yigʼilishni boshqarma boshligʼi, polkovnik Sh.Satvoldiev ochdi.
Boshqarma boshligʼi oʼz soʼzida kuzatilgan yilda viloyatda jamoat tartibini saqlash, jinoyatlarni erta aniqlab oldini olish va qarshi kurashish, sodir etilgan jinoyatlarni “issiq izlar”da fosh etish, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash borasida ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilganini taʼkidladi. Ichki ishlar idoralari xodimlarining faoliyat davomida inson huquq va erkinliklarini taʼminlash, fuqarolarning qonuniy manfaatlarini munosib himoya qilish ham eʼtibordan chetda qolmadi.
Yigʼilishda vohada jinoyatchilikning ildiziga bolta urish va unga qarshi kurash, sodir etilganlarini izi sovumay fosh etish, qonunbuzarliklarga barham berish, jamoat va fuqarolar xavfsizligini taʼminlash borasida amalga oshirilgan ishlar atroflicha tahlil etildi. Bunda tizimning jinoyat qidiruv, profilaktika va jamoat tartibini saqlash borasida soha rahbarlarining axboroti tinglandi.
Giyovandlik, fribgarlik, ugʼirlik jinoyatlarini fosh etish, korruptsiya holatlarining ildiziga bolta urishda tezkor va sohaviy xizmatlar xodimlarining boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hamda keng jamoatchilik bilan oʼzaro hamkorlikdagi faoliyatini yanada kuchaytirish lozimligi ishtirokchilarga uqtirildi. Vohada jamoat tartibini saqlash, qonun ustuvorligini taʼminlash, mol-mulk daxlsizligi, yoʼl harakati xavfsizligini taʼminlash borasida amalga oshirilgan ishlar atroflicha tahlil etildi. Faoliyatda erishilgan yutuqlar bilan birga yoʼl qoʼyilgan kamchiliklar muhokama qilinib, tegishli sohaviy xizmatlar rahbarlari oldiga vazifalar qoʼyildi.
Ichki ishlar organlari xodimlari huquq-tartibotni mustahkamlash, jamoat tartibini saqlashda keng jamoatchilik, ayniqsa mahalliy hokimliklar, qishloq, mahalla faollari, Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi, korxona va tashkilotlar rahbarlari bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish taʼkidlab oʼtildi. Ushbu jarayonda ogohlikni yanada kengroq targʼib etib, xalq ishonchini qozonish va odamlarni hayotdan rozi qilish uchun xizmat qilish bosh vazifa boʼlmogʼi lozim. Bu borada kelgusida amalga oshirilishi lozim boʼlgan masalalar boʼyicha sohaviy xizmatlar rahbarlari vazifador etilib, masʼuliyati oshirildi.
Kengaytirilgan yigʼilishda xizmat davomida kamchiliklarga yoʼl qoʼygan sohaviy xizmatlarning ayrim xodimlari faoliyati muhokama etilib, tegishli jazo choralari belgilandi. Biriktirilgan hududida jinoyatlarning oldini olib, xizmatda muvaffaqiyatga erishgan bir guruh xodimlar IIVning “Tashakurnoma”si va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
Kengaytirilgan yigʼilish kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.
Yigʼilishda respublika IIV oʼrinbosari, general-mayor А.Ikramov ishtirok etdi.