31 Avgust 2022 yil 316

Tahlil va natijalar

Viloyat IIB JXX YHXB shaxsiy tarkibning xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etishi, huquqbuzarliklar va jinoyatlarni oldini olish borasida amalga oshirilgan  ishlar tahliliga bag‘ishlngan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda IIV SHXBB O‘MIB tezkor vakili podpolkovnik O‘.Qosimov hamda Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik D.Sh.Babayarov, SHXBB Qashqadaryo viloyati bo‘yicha O‘MIB tezkor vakili mayor G‘.U.Azizovlar ishtirok etishdi.

Keng qamrovli yig‘ilishda IIV SHXBB mas’ul xodimi so‘zga chiqib, ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan faoliyat davomida  xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etilishini atroflicha tahlil etdi. Bu borada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tarbiyaviy ishlarni yanada jonlantirish, yosh xodimlariga murabbiylar biriktirib, ularni har tomonlama mukammal xodim bo‘lishlari uchun birinchi navbatda tarbiyalash, xizmat intizomi va qonunchilikka qat’iy rioya etishini o’qtirish hamda har bir xodimning ijtimoiy-siyosiy bilimi, jangovar tayyorgarligini oshirib borishini e’tibordan chetda qoldirmaslik lozimligini aytib o‘tdi.

Faoliyatda davomida korrupsiya, tamagirlik va boshqa salbiy holatlarning oldini olish uchun xizmat davomida tarbiyaviy ishlarni yanada kuchaytirish, “xodimbay” ishlarni muntazam amalga oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar va yo‘riqnomalar berildi.

Text to speech