Sportni sev, sport bilan yasha!
Jamiyatda sogʼlom turmush tarziga amal qilish, va uni targʼib etish fuqarolar salomatligi saqlashning bosh omili hisoblanadi. Shu bois boshqa sohalar qatori Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi va uning sohaviy xizmatlari va shahar-tuman boʼlimlari xodimlari oʼzlari bilan birga hududdagi mahalla va maktablarda, kollejlarda sport musobaqalarini tashkil etishmoqda. Jumladan, Shahrisabz tuman IIB boshligʼi 3-sektor rahbari podpolkovnik Olim Tojiev tashabbusi bilan tumandagi 74-oʼrta maktabda sportning milliy kurash, voleybol va mini futbol turi boʼyicha hududdagi maktab va kollej oʼquvchilari oʼrtasida musobaqa tashkil etildi. Oʼzaro doʼstlik va salomatlikni mustahkamlash maqsadida oʼtkazilgan musobaqada gʼolib jamoalar tuman IIBning diplomi va qimmatbaho sovgʼalari bilan taqdirlandi.