24 Sentyabr 2021 yil 497

Sрort sogʼlom hayot


Prezidentimizning 2020 yil 30 oktyabrdagi “Sogʼlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi farmoni ijrosi yuzasidan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlar tahsinga loyiq. Turli idora va tashkilotlar xodimlari, aholi vakillari oʼz salomatligiga katta eʼtibor qaratib, jamiyatda sogʼlom turmush tarzi uchun kurash avj olmoqda.

Qashqadaryo viloyati ichki ishlar organlarida ham xodimlarning sport va jismoniy tarbiya mashgʼulotlari bilan shugʼullanishiga katta eʼtibor qaratilyapti. Jumladan, viloyat IIB rahbariyati har haftaning seshanba va juma kunlarini sport mashgʼulotlari kuni sifatida belgilagan. Tashkil etilayotgan mashgʼulotlarda tizimning barcha boʼlinmalari shaxsiy tarkibi ishtirok etmoqda. Bundan tashqari, “Sportni sev, sport bilan yasha!”, “Sogʼlom hayot sari 5000 qadam” shiorlari ostida boshqarma shaxsiy tarkibi viloyat miqyosida oʼtkazilayotgan turli sport tadbirlari, ommaviy yugurish musobaqalarida faol ishtirok etib, ham sogʼlom boʼlish uchun kurashishyapti, ham sportning ommalashishiga hissa qoʼshishmoqda.

Text to speech