SOXTА TАDBIRKOR
Chiroqchi tumani “Buyrachi” MFYda yashovchi E.J. va Shahrisabz shahar Tutzor MFYyashovchi K.Sh.lar 2019 yil dekabr oyida Qamashi tumanidagi gʼisht ishlab chiqarish zavodiga borishadi. MChJda ish yurituvchi Qarshi tumani Yangi Beshkent MFYda yashovchi X.D.ga oʼzini “MKOP QIROLI” xususiy korxonasi rahbari sifatida tanishtirib, “men Shahrisabz shahrida yashayman, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʼullanaman, Shahrisabz shahrida koʼp qavatli uylar va mashina bozor qurayapman, menga pishgan gʼisht kerak”-deb aytib, ishonchli boʼlishi uchun hozirgi kunda faoliyat koʼrsatmayotgan yuqorida nomi keltirgan korxona nomidan shartnoma tuzadi.
Tuzilgan sharonomaga koʼra X.D. dan koʼp miqdordagi 102 mln 500 ming soʼmlik 162 ming dona pishgan gʼishtlarni olib, unga 30 mln soʼm pul beradi. E.J. va X.D. gʼishtlarni Shahrisabz shahriga olib borib, qurilishga emas xaridorlarga sotib yuborib, foyda sifatida olingan pullarni oʼz ehtiyojlari uchun ishlatgan.
Holat yuzasidan Chiroqchi tumani IIO FMB 3-sonli IIB huzuridagi TG tomonidan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.