30 Iyun 2022 yil 294

“Sog‘lom avlod uchun” marafoni

    Jamiyatda sog‘lom turmush tarziga odatlantirish, yoshlarning jismoniy faolligini oshirish, muntazam sport bilan oshno tutinishini  targ‘ib etish maqsadida ichki ishlar organlarida turli sport musobaqalari o‘tkazish an’anaga aylanib bormoqda. Jumladan, Ichki ishlar vazirligining tegishli ko‘rsatmasi Qarshi shahrida viloyat ichki ishlar organlari, IIQ Qorovul qo‘shinlariga qarashli 7533-harbiy qism harbiy xizmatchilari hamda milliy gvardiya xodimlari, uyushmagan yoshlar, keng jamoatchilik  vakillari bilan 3000 metrga yugurish marafoni tashkil etildi.

    “Sog‘lom avlod uchun” marafoni marafonida 1-o‘rinni viloyat ichki ishlar boshqarmasi Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi xodimi, serjant Husan Yoriyev qo‘lga kiritdi. 2-o‘rinni ham boshqarma Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi xodimi, kapitan Lochin Botirov va 3-o‘rinni  Ichki ishlar vazirligi Qorovul qo‘shinlariga qarashli Qarshi shahridagi 7533-harbiy qism harbiy xizmatchisi, kichik serjant Jonibek Jonimqulov egalladi.

    Yugurish musobaqasida 1-o‘rinni Qarshi shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi kanselyariya boshlig‘i safdor O‘g‘iloy Jumayeva band etdi. 2-o‘rinni esa “Vatanparvar” tashkiloti viloyat kengashi xodimasi Muhabbat Butayeva va 3-o‘rinni boshqarma Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha bosh inspektori mayor Zarina Kenjayeva qo‘lga kiritdi.

      G‘oliblarga diplom, medal, badiiy kitoblar va pul mukofotlarini Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, general-mayor Azizbek Ikramov topshirdi.

Text to speech