29 May 2024 yil
710
Sog‘ tanda sog‘lom aql deganlaridek, Qashqadaryo viloyati IIB DPM Tibbiyot bo‘limi poliklinikasi shifokorlari “Salomatlik kuni” tadbiri doirasida 4-mintaqaviy hudud 10-son JIEK shaxsiy tarkibi uchun sayyor tibbiy ko‘rik uyushtirishdi.
Unda dispanser nazoratida turgan ichki ishlar organlari xodimlari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Tahlillar natijasiga ko‘ra xodimlarga statsionar va ambulator tartibda davo muolajalari tavsiya etildi.
Bundan tashqari, koloniya shaxsiy tarkibi ham tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, sog‘lom ovqatlanish, umurtqa pog‘onasi osteoxondrozi, gipertoniya kasalligini oldini olish, suitsid holatlari profilaktikasi, koksartroz kasalligi profilaktikasi mavzularida ma’ruza va davra suhbatlari tashkillashtirildi.
Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.