18 Aprel 2024 yil
309
SOG‘ TANDA - SOG‘LOM AQL
Ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimlarning salomatligini mustahkamlash, turli kasalliklarni erta aniqlab oldini olish, dispanser hisobida turuvchi xodimlarni sog‘lomlashtirish maqsadida viloyat IIB DPM Tibbiyot bo‘limi poliklinkasi shifikorlari tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, boshqarma DPM Tibbiyot bo‘limi malakali mutaxasisis shifokorlari jalb etilib, sayyor tibbiy ko‘rik uyushtirildi.
Tibbiy ko‘rikda tuman IIB shaxsiy tarkibi, faxriylari va ularning oila a’zolari poliklinikada mavjud zamonaviy tibbiy texnikalar yordamida tekshiruvdan o‘tkazilib, aniqlangan mavsumiy va doimiy kasalliklar davolash bo‘yicha bemorlarga tegishli tavsiyalar berildi.