Shahrisabz shahar tezkor xodimlari tomonidan oʼgʼirlik jinoyati fosh etildi
2020 yil 19 mart kuni, Shahrisabz tumani Mevazor MFY Moʼminobod qishlogʼida yashovchi Raupov Zafar Saʼdullo oʼgʼli Shahrisabz shahar IIB boshligʼi nomiga ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 12:15 larda, Shahrisabz shahar Qoʼshhovuz MFY hududida joylashgan “Xalq banki” Shahrisabz filialining avtomashinalar turargohida turgan, oʼziga tegishli boʼlgan “VАZ-2103” rusumli 70 T 405 VА davlat belgili avtomashinasining orqa yukxonasida boʼlgan 5.000.000 soʼm pullarini nomaʼlum shaxslar oʼgʼirlab ketganligini maʼlum qilgan. Shahrisabz shahar IIB tezkor xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbir davomida, ushbu jinoyatni Shahrisabz shahar Ziyokor MFY Eʼzoz koʼchasida yashovchi Sh.S.S. sodir etganligi aniqlanib, undan 2.000.000 soʼm pul tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan. Hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan Shahrisabz shahar IIB TB tomonidan fuqaro Sh.S.S.ga nisbatan Oʼz.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, dastlabgi tergov harakatlari olib borilmoqda.