18 May 2024 yil
488
Sektor rahbari aholi tomorqasi va “mahalla yettiligi” faoliyatini o’rgandi
Bugun aholi
bandligini ta’minlash, daromadini oshirish, tomorqa imkoniyatlaridan unumli
foydalanish bo‘yicha yangi samarali tizim yo‘lga qo‘yilmoqda.
Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan
“Sayxunobod tajribasi” respublikamiz bo‘ylab keng ommalashmoqda.
Tomorqadan samarali foydalanishni tashkil
etish orqali aholi bandligini ta’minlash maqsadida tumanda tizimli ishlar
amalga oshirilmoqda.
Xususan,
tuman IIB boshlig‘i G‘ayrat Haydarov “Chamanzor” mahallasida
"xonadonbay" yurish tamoyili asosida aholining tomorqadan unumli
foydalanish borasida olib borayotgan ishlari bilan tanishdi.