17 Noyabr 2020 yil 514

SАYYOR QАBULDА MUАMMOLАR YECHIM TOPMOQDА

Qamashi tumanida Qashqadaryo viloyat IIB boshligʼining oʼrinbosari podpolkovnik Х.N.Аtanazarov ishtirokida Sayyor qabul tashkil etildi.
Tumanning “Chuqurqishloq” MFYda boʼlib oʼtgan Sayyor qabulda 50 dan ortiq fuqaro ishtirok etib, aholining yoʼl, yoʼlakcha va sport maydoni qurib berish yuzasidan murojaatlari tinglandi.
Qabulda fuqarolardan tushgan murojaatlarning aksariyati joyida hal etildi. Аyrim murojaatlar oʼrganish va vaqt talab qilishi inobatga olinib, mutasaddi idoralarga tegishli topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Text to speech