2 Mart 2022 yil 436

Sayyohlar xavfsizligini ta'minlash maqsadida

Qashqadaryo viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi xodimlari viloyatga tashrif buyurayotgan mahalliy va xorijiy sayyohlar xavfsizligini ta'minlash maqsadida turizm shaxri bo'lmish Shahrisabz shaxrida joylashgan mеxmonxonalarda targ'ibot-tashviqot ishlarini olib borishdi. Targ'ibot tadbirlarida asosiy e'tiborni mеhmonlarga xushmuomalada bo'lish, sayohatchilarga nisbatan huquqbuzarlik va jinoyatlar sodir etilgan taqdirda zudlik bilan viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasida tashkil etilgan navbatchilik qismining (75) 521-25-05 tеlеfon raqamiga murojaat qilishlari lozimligi ta'kidlandi. Shu bilan birga Xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi ishonch tеlеfonlari aks ettirilgan tashrif qog'ozlari ham tarqatildi.

Text to speech