15 Iyun 2024 yil 971

Savobga yo‘g‘rilgan tadbir

Savob ishni amalga oshirish inson ruhiyatini yengillashtiradi. Ayni duolar mustajob bo‘ladigan Qurbon hayiti arafasida bunday xayriya tadbirini amalga oshirish inson ruhiyatiga o‘zgacha kuch-quvvat bag‘ishlaydi. Shu bois dunyoda odamdan faqatgina amalga oshirilgan ezgu va saxovatli ishlar, o‘zgalarga ko‘rsatilgan saxovat, mehr-muruvat abadiy yodda qoladi.

G‘uzor tuman IIB rahbariyati ham bu borada bir qator xayrli va savobli ishlarni amalga oshirishdi. Jumladan, Qurbon hayiti munosabati bilan ichki ishlar bo‘lim rahbariyati tizim sohalarida uzoq yillar samarali xizmat qilgan iste’fodagi podpolkovniklar Hayit Yo‘ldoshev, Shaymardon Primov va iste’fodagi katta serjant Chori Mavlonovlarning xonadoniga borishdi. 

Tadbir da ichki ishlar organlari xodimlari oziq-ovqat mahsulotlari yetkazildi.

Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

Text to speech